Ushbu loyiha nima?
Nova Divergence
Innovatorlar, biznesmenlar va sarmoyadorlarni bevosita va bilvosita bogʻlovchi onlayn platforma.
Nova Divergence maʼnosi:
- «Nova» - Lotin tilidan olingan boʻlib, «Yangi» degan maʼnoni anglatadi. Koʻpincha astronomiyada yangi paydo boʻlgan yulduzlarni ifodalash uchun ishlatiladi.
- «Divergence» - Ingliz tilidan olingan boʻlib, «Turli yoʻnalishlarda rivojlanish» degan ma’noni anglatadi.
Umumiy:
«Nova Divergense» – bu yangilik, farqlanish va rivojlanish gʻoyalarini oʻzida mujassam etgan, turli xil manbalardan kelib chiqadigan innovatsiyalarni birlashtiruvchi, kelajakka yoʻnaltirilgan platformadir.

Loyihaning vazifalari:
Ixtirolarni bir joyga jamlaydi
- Ixtirolar haqida batafsil maʼlumot beradi. Ularni video, rasm, matn koʻrinishda ifodalash imkoniyatini taqdim qiladi.
Muloqot imkoniyati
- Loyihada innovator va investor, biznesmenlar birga shartnoma qilishlari va suhbatlashish uchun maxsus chatlardan foydalanishlari mumkin.
Patent huquqlari
- Innovator oʻz ixtirosini saytning oʻzidan patentlashi va oʻsha patent huquqidan foydalanib turli kompaniyalar bilan shartnoma tuzishi mumkin.
Statistika
- Sayt sun’iy intellekt tomonidan doimiy statistikalar beriladi. Sotuvlar, shartnomalar va bozorni umumiy statistikasini taqdim qiladi.
- Sayt sotuvlar, shartnomalar va bozorni umumiy statistikasini taqdim qiladi.
Tushuntirish ishlari va maxsus broker
- Saytda brokerlik qilish imkoniyati mavjud boʻlib, unda siz ixtiroga qiziqish bildirgan foydalanuvchilar uchun maslahat berish va shartnoma tuzish kabi xizmatlar yaratishingiz mumkin.
Istalgan joyda foydalanish imkoni
- Tadbirkorlar va ixtirochilar dunyoning istalgan burchagidan, istalgan vaqtda va istalgan koʻrinishida shartnoma imzolashi va bozor imkoniyatlaridan toʻliq foydalanishi mumkin.
_A_centralized_hub_symbolizing_the_collection_o.webp)

Muammolarni yoritish

Katta kompaniyalar va ularni ahamiyati
Ular qanday muammolarga yechim berishadi? Aplle, Samsung, Xiaomi va Vivo kabi kompaniyalar axborot texnologiyalarining rivoji va kamchiliklari ustida ishlaydi.Yandex - uzoqni yaqin qilish uchun. Emirates airways - koʻp davlatlarga sayohat qilish uchun. Sony - unutilmas kadrlarni tarixga muhrlash uchun sifatli kameralar ishlab chiqaradi. Solar City - odamlarni yashil energiyaga oʻtqazish va undan keng miqyosda foydalanish kabi muammolarga yechim beradi.
Global miqyosda faoliyat yuritadigan kompaniyalar nimani hisobiga faoliyat yuritishadi va foyda olishadi?
Ular turli sohalarga boshqa tomondan qarab, boshqalar kutmagan yechimlarni berish orqali kelib chiqadigan qiymatni yaratishadi. Bu esa oʻz navbatida yangi yoʻnalishlar, boʻsh ish oʻrinlari va sanoatni oʻsishiga sabab boʻladi.
Muammolarni hal qilish tizimi
Oʻzbekistondagi turli yoʻnalishlarni qamrab olish
Har yili tashkil qilinadigan inovatsiyalar yarmarkalari haqida bilamiz. Ularda turli xil ixtirochilar oʻzlarini gʻoyalari bilan taqdimotlar oʻtqazishadi.
Koʻplab tarmoqlarimiz, turli sohalar va fantastik gʻoyalarga ega insonlar oʻz innovatsiyalarini hayotga tatbiq qilishlari uchun yetarli shart sharoitlarni yarmarkalar bera olmaydi.
Kerakli uchrashuvlar tashkil qilinmagan holatlarda innovatorlarni bajargan ishlari qiymatsiz qolib ketadi. Bu esa Oʻzbekistonning texnologik rivojlanishida oʻzini salbiy taʼsirini oʻtkazmay qolmaydi.
Loyiha qiymat beradi
Koʻzlangan maqsad - nazardan chetda qolgan, unut boʻlgan va qiymat kasb etmayotgan narsalarni qiymatli qilish.
Masalan: Sobiq Sovet ittifoqi davrida koʻplab ixtirolar va innovatsiyalar bozori mavjud boʻlmasligi tufayli unutilgan yoki muomalaga kiritish imkoniyati boʻlmagan.
Amerika Qoʻshma Shtatlarida esa Silikon vodiysi kabi infratuzilmalar gʻoyalarning shakllanishi uchun qulay muhit yaratib bergan.
G’oyalarning bozorda oʻz oʻrnini topishiga va qiymat kasb etishiga imkon yaratamiz. Innovator, investor va biznesmenlar o’zaro hamkorlik qiladigan muhit yarata olsak, texnologik taraqqiyotni tezlashishi, rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan boʻlamiz.

Biz nima taklif qilamiz?

Foydalanuvchilar uchun
Interaktiv texnologiya taqdimoti
- Ixtirochi oʻz ixtirosini bozorning oʻzida toʻliq taqdimot ko’rinishida ya’ni matn, video, rasm va gif holatida namoyish qila oladi.
Texnik imkoniyatlari
- Ixtirochi bozordan turib boshqa tadbirkorlar bilan onlayn shartnoma tuzishi, bozorni oʻzidan ixtirosi uchun patent olishi, mualliflik huquqlari himoyasini taʼminlashi hamda online chatlar orqali investorlar bilan muloqot qilishi mumkin.
Akademik qiymat
- Innovator boshqa hamkasblari bilan muloqot qilgan holda tasodifiy uchrashuvlardan yangi narsalar yaratishi va ular bilan tajriba almashishi mumkin. Oʻz sohasida rivojlanish uchun sharoit yaratilinadi.
- Olimlarning faqat bitta tashkilotga emas erkin ishlay olish imkoniyatini ham taqdim qiladi va ularning akademik erkinlik darajasini oshiradi.
Tadbirkor va inversotlar uchun
Broker(dallol) xizmatidan foydalanish
- Tadbirkorlar bozor ichidagi ixtironi koʻzdan kechirayotgan holatda qandaydir texnik bilimlar yetishmasligi yoki tushunmaslik holatlari kuzatilsa, brokerlar xizmatidan foydalanishi mumkin. Bu tadbirkorlarga bir qancha qulayliklar beradi. Masalan: Ixtirolarni tushunish osonlashadi va bu investorlarning vaqtini tejaydi.
Patent va huquqiy holat
- Tadbirkor mualliflik huquqlari toʻliq taʼminlangan va ishonchli shartnoma tuzishi mumkin. Barcha hujjatlar va patentlar yuridik qiymatga ega hamda bozor tomonidan himoyalangan boʻladi.
Kompaniyalar bilan ishlash
- Tadbirkor yoki investor har bir ixtironi koʻrish mobaynida undan qaysi kompaniyalar foydalanayotganini bilishi, ular bilan bogʻlanishi va hamkorlik qilishi mumkin. Bundan tashqari kompaniyalardan ixtirochiga tushgan ulushni koʻrish imkoniyati boʻladi.
Investorlar uchun statistika
- Maxsus akkaunt orqali kirgan investorlar sun’iy intelekt yordamida yuritiladigan bozorning umumiy statistikasini koʻrishi mumkin boʻladi. Bu orqali investor qaysi ixtironi bozori chaqqon boʻlayotkanini va qaysi innovatorlarga pul tikish kerak yoki kerak emasligini tahlil qila oladi.
Texnik qism
<aside>
📌
</aside>